O‘zbekistonlik bokschilar Jahon Chempionatida ikkita oltin medalni qo‘lga kiritishdi

Ispaniyaning La Nusiya shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik bokschilar Ispaniyada bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionatida ikkita oltin medal qo‘lga kiritishdi. Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.
Ispaniyaning La Nusiya shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazilmoqda.
Kecha yosh bokschilar ishtirokidagi final janglari boshlandi. Dastlab -48 kg vazn toifasida ishtirok etgan Gulsevar G‘aniyeva hindistonlik Bavna Sharma ustidan g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston terma jamoasi
Shuningdek, ikkinchi oltin medalni chempionatda -54 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Baxtiyor Asadov qo‘lga kiritdi. U finalda meksikalik Ezekiyel Kabreraga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.