TOShKENT, 26 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston xavfsizlik va osoyishtalikni ta’minlashda hamkorlik qilishga kelishib oldi. Bu haqida Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Samarqandda Tojikiston va O‘zbekiston IIV rahbariyati ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Tojikiston va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Ichki ishlar boshqarmalari o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi.
Uchrashuvda hamkorlida amalga oshiriladigan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hujjatlar imzolandi:
Tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash;
Hamkorlikdagi tezkor-profilaktik tadbirlarni olib borish;
Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish;
Giyohvandlik, terrorizm va ekstremizm, odam savdosi jinoyatlarini oldini olish.
Tojikiston va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari
© Samarqand viloyati IIB