Mamlakatda koronavirusga chalinish ko‘rsatkichlari soni 100dan oshdi - SSV

25 noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 124 nafarni tashkil etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Iyun oyidan beri mamlakatda kunlik kasallanish ko‘rsatkichlari soni ilk bor 100 dan oshdi. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
25 noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 124 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar;
Buxoro viloyatida 6 nafar;
Jizzax viloyatida 3 nafar;
Qashqadaryo viloyatida 3 nafar;
Namangan viloyatida 9 nafar;
Samarqand viloyatida 8 nafar;
Sirdaryo viloyatida 1 nafar;
Surxondaryo viloyatida 1 nafar;
Farg‘ona viloyatida 3 nafar;
Xorazm viloyatida 1 nafar;
Toshkent viloyatida 8 nafar.
Toshkent shahrida 80 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.