Uzbekistan Airways barcha aviaqatnovlarga chegirma taqdim etmoqda

Aviakompaniyaning barcha muntazam aviaqatnovlaridagi ekonom va biznes klass chiptalariga 8% chegirma taqdim etiladi.
Sputnik
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Uzbekistan Airways 25-noyabrdan 8-dekabrga qadar barcha aviaqatnovlarga chegirma taqdim etmoqda.
Aytilishicha, O‘zbekiston Konstitutsiyasi kunini nishonlash munosabati bilan aviakompaniyaning barcha muntazam aviaqatnovlaridagi ekonom va biznes klass chiptalariga 8% chegirma taqdim etiladi.
Aviachiptalarni aviakompaniyaning www.uzairways.com sayti, mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales filiali, O‘zbekistondagi agentliklardan va aviakompaniyaning xorijdagi vakolatxonalari orqali xarid qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways Yangi yil ta’tili kunlarida talabalar uchun mahalliy aviaqatnovlarda 50% chegirma e’lon qilgandi. Chegirmalar Yangi yil bayrami kunlarida 22-dekabrdan 10-yanvargacha amalga oshiriladigan parvozlar uchun amal qiladi.