Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Hindistonni mag‘lub etdi

Jamoalar orasida shaxmat bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi Hindistonni mag‘lub etib finaliga yo‘l oldi.
Sputnik
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Hindiston vakillarini mag‘lub etib, FIDE jahon chempionati finaliga yo‘l oldi. Bu haqida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev ma’lum qildi.
Ayni kunlarda Isroilning Quddus shahrida FIDE jamoalari o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Kecha O‘zbekiston terma jamoasi Hindiston vakillarini 2:2 va 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etdi.
Bugun jahon chempionligi uchun kechadigan bahsda shaxmatchilar Xitoy terma jamoasiga qarshi dona surishadi.
Eslatib o‘tamiz, chempionatda O‘zbekiston terma jamoasidan xalqaro grossmeysterlar Nodirbek Yakkubboyev, Javohir Sindarov, Shamsiddin Vohidov, Jahongir Vohidovlardan iborat kvartet bilan B guruhida saralash raundlarini o‘tkazmoqda.
Kecha, terma jamoa vakillari Ukraina jamoasiga qarshi qora donalarda 3:1 hisobida g‘alaba qozongandi.