TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Quyichotqol gidroelektr stansiyasini qurish uchun Chotqol darosining o‘zani to‘sildi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Bo‘lajak gidroelektr stansiyasi har biri 22,5 MVt quvvatga ega to‘rtta gidroagregatdan iborat bo‘ladi. Gidrotexnika inshootining o‘rnatilgan quvvati 90 MVt, yillik o‘rtacha elektr energiyasi ishlab chiqarish 292 million kVt/soatni tashkil qiladi.
Stroitelstvo Nijne-Chatkalskoy GES.
© Sputnik/Ramiz Baxtiyarov
Ushbu GESning to‘liq ishga tushirilishi 91,28 million kub metrgacha tabiiy gazni tejash imkonini beradi. Mutaxassislarning fikricha, gidroinshoot gidrologik rejim va atrof-muhitga ta’sir qilmaydi.
GES to‘g‘onini loyihalashda “Gidroloyiha” instituti (Moskva) va Butunrossiya gidrotexnika ilmiy-tadqiqot instituti (Sankt-Peterburg) mutaxassislari ishtirok etishdi.
Stroitelstvo Nijne-Chatkalskoy GES.
© Sputnik/Ramiz Baxtiyarov
Ularning tavsiyalari va texnik-iqtisodiy dalillari asosida 50 metr balandlikdagi beton gravitatsiyaviy to‘g‘on qurishga qaror qilingan. Yangi inshoot 2025-yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Stroitelstvo Nijne-Chatkalskoy GES.
© Sputnik/Ramiz Baxtiyarov