O‘zgidromet bugun kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi

Poytaxtda kunduzi havo +14-16 daraja iliq bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolida va cho‘l hududlarida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati +12-17 darajagacha isiydi.
Poytaxtda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/stezlikda esadi. Kunduzi havo +14-16 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +6-11 daraja iliq bo‘ladi.