TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Toshkent shahri aholisi va mehmonlari “Tatarcha diktant” butunjahon ta’lim kampaniyasida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.
Tatar tilidagi savodxonlikni tekshirish bo‘yicha aksiyaning o‘zi 25–27-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi, deya xabar beradi Tatar jamoat madaniy-ma’rifiy markazi matbuot xizmati.
Shu bilan birga, Tatariston va Boshqirdistondan kelgan ishtirokchilar 25-noyabrda, Rossiyaning boshqa viloyatlari aholisi 26-sentabrda diktant yozadilar. Xorijiy mamlakatlarda esa diktant 27-noyabr, yakshanba kuni o‘tkaziladi. O‘zbekistonliklar 26-noyabr kuni diktant yozishda qatnashishi mumkin.
Ushbu aksiya an’anaviy ixtiyoriy va bepul o‘tkaziladi. Unda yoshi, jinsi, ma’lumoti, dini, kasbi, oilaviy ahvoli va qiziqishlaridan qat’i nazar, har kim ishtirok etishi mumkin. Bu yil aksiya yettinchi marta o‘tkazilmoqda.
Toshkentda diktantda qatnashish uchun avval ro‘yxatdan o‘tib, aloqa ma’lumotlarini ko‘rsatish kerak. Dastlabki 70 nafar ro‘yxatdan o‘tganlar “Rus uyi”da diktant yozadi, qolganlar esa onlayn tarzda aksiyada qatnashishlari mumkin bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2021-yilning 1-yanvar holatiga 187,3 ming nafar tatar millati vakillari yashayotgani qayd etilgan.