TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi va fond direktori o‘zgardi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Komil Allamjonov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi lavozimiga Nozima Davletova saylandi. Fond direktori lavozimiga esa Akramjon Fozilov tayinlandi.
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi
© Komil Allamjonov
“Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi lavozimiga saylangan Nozima Davletova va fond direktori lavozimiga tayinlangan Akramjon Fozilovning ishlariga omad tilab qolaman”, deb yozadi Komil Allamjonov.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Nozima Davletova Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori lavozimiga tayinlangandi. Uning nomzodi bu lavozimga Mass-media fondi Vasiylik Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida tasdiqlangan.