"Merkelsiz Germaniya do‘zaxga tushdi": Xitoyliklar sobiq kanslerni qo‘llab-quvvatlashdi

"Guancha" nashri o‘quvchilari Germaniya sobiq kansleri Angela Merkelning Rossiya va Yevropa orasida muzokaralar formati yaratish tashabbusi to‘g‘ri bo‘lganini ta’kidlashdi.
Sputnik
TOShKENT, 25 noya - Sputnik Xitoyning "Guancha" portali o‘quvchilari Germaniya sobiq kansleri Angela Merkelning Ukrainada maxsus operatsiya boshlanmasdan avval Rossiya bilan muloqot qilishiga yo‘l qo‘yishmagani haqidagi gaplariga o‘z fikrlarini bildirishgan.
Izoh qoldirganlarning aytishlaricha, Merkel nafaqat Germaniya, balki butun dunyo manfaatlari yo‘lida harakat qilgan. Biroq, uning pozitsiyasini qabul qilishmagan. Hozirgi hukumat esa ushbu muammolarning oqibatlariga duch kelishmoqda
"Nodon nemislar! Merkel ularda xotirjam hayot bo‘lishi uchun kurashgan, nemis iqtisodiyoti o‘sishini ta’minladi. Uning ketganidan ikki oy o‘tib mojaro boshlandi, nemis sanoati osmonlarda jahannamga tushdi, korxonalar yopildi, odamlar hattoki oddiy yuvinish imkoniyatlaridan mahrum bo‘lishdi, endi esa sovuqdan diydirab o‘tirishibdi. Tentak, qo‘lidan bir ish kelmaydigan hukumat endi Merkeldan shikoyat qilyaptimi? Hattoki uning poyabzaliga qo‘l tekkizishiga ularning haqlari yo‘q", - deya yozib qoldirgan Ju Xay Sanshan 2 ismli foydalanuvchi.
"Hanuzgacha g‘arbiy Yevropadagi eng katta siyosatchi. Merkel ketganidan so‘ng Yevropa olamida faqat siyosatdonlar qoldi xolos", - deydi Chjunxua Ban Chjuan Tu.
"Nemislar ularning yerlarida G‘arbdan mustamlakachilar hamon borligini ko‘rmaganga olishapti", - deydi Shuan Yanpi.
"Aytish mumkinki, nemis xalqi Merkel darajasidagi boshqaruvga loyiq emas, yashillar partiyasidagi masxarabozlar- mana nemislar loyiq ko‘rilgan hukumat", - deya o‘z fikrini bildirgan Hmmmm nomidagi foydalanuvchi.
Germaniyaning sobiq kansleri Emmanuel Makron bilan 2021-yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qilish uchun YeI Kengashida Yevropa muzokaralar formatini yaratishni rejalashtirganini, biroq uning tashabbusiga qarshi chiqishganini ma’lum qildi.
16 yildan ortiq Germaniyaga rahbarlik qilgan Angela Merkel 2021-yil dekabrda iste’foga chiqdi. Undan so‘ng Olaf Shols mamlakat kansleriga aylandi.