Merkel Putin bilan muloqot o‘rnatishiga imkon berishmaganini tan oldi

Germaniya sobiq kansleri hokimiyatdan ketishi arafasida Putin bilan muloqot o‘rnatishni taklif qilganini, lekin uni qo‘llab-quvvatlashmaganini aytdi.
Sputnik
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Angela Merkel “Spiegel” nashriga bergan intervyusida Germaniya kansleri sifatidagi muddati yakuni arafasida Ukrainadagi vaziyat rivojiga ta’sir o‘tkaza olmaganini va Rossiya bilan Yevropa Ittifoqi darajasidagi muzokaralarning yangi formatiga erisha olmaganini tan oldi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Uning qayd etishicha, Kiyev Minsk kelishuvlariga rioya qilmagani uchun maxsus operatsiya boshlanishi u uchun kutilmagan hol bo‘lmagan.

“2021 yil yozida, prezidentlar Bayden va Putin o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng, men va Emmanuel Makron yana bir bor Putin bilan Yevropa Ittifoqi kengashida muhokama qilish uchun mustaqil Yevropa formatini yo‘lga qo‘yishni xohladik. Ba’zilar e’tiroz bildirishdi, menda esa uni ilgari surishga kuchim yo‘q edi. Axir, hamma bilardi: “u kuzda ketadi”, - deydi sobiq kansler.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar u yana o‘z nomzodini ilgari surganida, Rossiya prezidenti bilan uchrashuvga erishishda davom etardi. Biroq, Moskvaga xayrlashuv safari chog‘ida u hokimiyat siyosati kontekstida uning davri o‘tganini his qilgan.
Merkel bu masalalar nafaqat Ukrainadagi vaziyat, balki Pridnestrovye va Moldova, Gruziya va Abxaziya o‘rtasidagi taranglik, Suriya va Liviyadagi mojarolarga ham tegishli ekanini urg‘uladi. Uning ta’kidlashicha, “yangi yondashuv vaqti keldi”.
Avvalroq Rossiyaning sobiq bosh vaziri Sergey Stepashin Angela Merkel Vladimir Putinni Minsk kelishuvlarini imzolashga ko‘ndirgan asosiy siyosatchi ekanini aytgan edi.