Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Maxsus operatsiya: 25-noyabrning asosiy xabarlari

Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina harbiylarining hujumga o‘tish urinishlarini bartaraf etishdi. Ukraina tomoni yo‘qotishlari 500ga yaqin harbiy (qurbon va yaradorlar) o‘nlab zirhli texnikani tashkil qildi.
Sputnik
TOShKENT, 25 noya - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi tomonidan olib borilayotgan maxsus operatsiya doirasida 25-noyabr kuni sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
Mudofaa vazirligi bayonoti:
Xarkov viloyati Velikiy Xutor qishlog‘i hududida polshalik yollanma askarlarni vaqtincha joylashtirishning uchta nuqtasiga yuqori aniqlikdagi raketa zarbalari berildi Natijada 200 nafar jangari yo‘q qilindi.
DXRning Seversk va Slavansk aholi punktlari hududlarida Rossiya aviatsiyasining yuqori aniqlikdagi zarbasi bilan “xorijiy legion” deb ataluvchining 100 dan ortiq yollanma askarlari, shuningdek, bitta tank, ikkita zirhli jangovar mashina va sakkizta texnika yo‘q qilindi.
Kupansk yo‘nalishida Novoselovskoe aholi punkti hududida dushmanning ikkita hujumi artilleriya o‘qlari va qo‘shinlar harakatlari bilan to‘xtatildi. 30 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, uchta BMP va to‘rtta zirhli texnikasi yo‘q qilindi.
Krasniy-Liman yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari Stelmaxovka posolkasi hududiga hujum qilish uchun jamlangan Ukraina QKning taktik-rota guruhiga zarba berdi. Shuningdek, Chervonopopovka yo‘nalishida hujum to‘xtatildi. Ushbu yo‘nalishida jangovar harakatlar natijasida 70 nafar ukraina harbiy xizmatchisi (yaralangan va qurbon bo‘lgan), bitta tank, to‘rtta zirhli jangovar mashina va ikkita pikap yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida Baxmut aholi punkti hududida Ukraina QKning hujumini qaytarildi. Jang natijasida 60 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita tank va uchta BMP yo‘q qilindi.
Janubiy-Donesk yo‘nalishida Novomixaylovka, Novodoneskoe va Novodarovka aholi punktlari hududlarida dushman hujumga o‘tishga urindi. Mudofaa qilayotgan qo‘shinlarning faol harakatlari va artilleriya o‘qlari dushmanni tarqatib yubordi, 50 dan ortiq ukrainalik harbiylar, ikkita zirhli mashina va ikkita pikap yo‘q qilindi.
Xarkov viloyatining Petropavlovka, Lugansk Xalq Respublikasining Stelmaxovka, Yampolovka, Torskoe, Ivano-Darevka va DXRning Pobeda aholi punktlari hududlarida Rossiya artilleriyasi va aviatsiyasi dushmanning 6ta nazorat punktlari, 67 ta artilleriya bo‘linmasi va harbiy texnikasiga zarba berdi.
DXRning Veselee qishlog‘i yaqinida AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-50 aksil-batareya radari yo‘q qilindi. Zaporoje viloyatining Kamishevaxa qishlog‘i yaqinida Ukraina QKing raketa va artilleriya qurollari ombori yo‘q qilindi.
Kun davomida havo hujumidan mudofaa tizimlari Donetsk Xalq Respublikasining Mirnaya Dolina, Vershina, Novoandreevka va Lugansk Xalq Respublikasining Zaliman aholi punktlari hududlarida to‘rtta Ukraina uchuvchisiz uchish apparatlarini urib tushirdi.
Bundan tashqari, Lugansk Xalq Respublikasining Kremennaya va Popasnaya aholi punktlari hududlarida HIMARS va "Olxa" raketa tizimlarining beshta raketasi tutib olindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukrainaning jami 333 ta samolyoti, 177 ta vertoloti, 2562 ta uchuvchisiz uchish apparati, 390 ta zenit-raketa majmuasi, 6813 ta tanki va boshqa zirhli jangovar texnikalari, 902 ta ko‘p raketa tizimlarining jangovar texnikasi, 3620 ta maydon artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 7352 dona maxsus harbiy mashinalari yo‘q qilindi.