TOShKENT, 25 noya - Sputnik. Rossiyaning eng yangi dizel-elektr "Magadan" suv osti kemasidan dengiz va qirg‘oqdagi nishonlarga zarba beruvchi "Kalibr" raketalarini uchirildi.
Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Zarbalar Yapon dengizi suvlaridagi nishonlarga berilgan. Jangovar mashqlarni bajarishdan oldin suv osti kemasi yashirincha belgilangan hududga yetib kelgan.
"Birinchi raketa dengizdagi o‘quv nishoni — "dushman kemasi"ga tegdi, ikkinchi raketa esa - Xabarovskdagi Surkum taktik poligonidagi nishoniga tegdi, uning joylashgan masofasi 1000 kilometrdan ortiq”, - deya ta’kidladi harbiy idora.
Raketa otish mashqlari Tinch okean floti kemalari, dengiz aviatsiyasining samolyotlari va dronlari kuzatuvida amalga oshirildi.
"Magadan" Tinch okean floti uchun 636.3 loyihasi bo‘yicha qurilgan uchinchi dizel-elektr suv osti kemalasidir. Jami 6ta ana shunday kema qurilishi rejalashtirilgan. Noyabr oyida flot tarkibiga to‘rtinchi shunday suv osti kemasi - "Ufa" kirishi kerak. 2023-yil bahorida esa beshinchi "Mojaysk" suvga chiqariladi. Oltinchi "Yakutsk" suv osti kemasi qurilmoqda. Ushbu seriyaning dastlabki kemalari - Petropavlovsk-Kamchatskiy va Volxov Tinch okean floti tarkibiga kirgan edi.