Adham Ikramov Xalqaro Kurash assotsiatsiyasining vitse–prezidenti lavozimiga saylandi

Endilikda Adkham Ikramov Kurash vatani vakili sifatida Kurashni dunyoda yanada rivojlantirish uchun O‘zbekiston hukumati tomonidan bevosita qo‘llab-quvvatlash masalalariga mas’ul hisoblanadi.
Sputnik
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Adham Ikramov Xalqaro Kurash assotsiatsiyasining vitse–prezidenti lavozimiga saylandi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Ayni kunlarda Hindistonning Puna shahrida Kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida XIII Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Chempionat doirasida Xalqaro Kurash assotsiatsiyasining navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tdi. Unda assotsiatsiya tarkibidagi 70ga yaqin davlatlar Kurash federatsiyalari vakillari, qit’aviy Kurash konfederatsiyalari Prezidentlari, IKA ijroiya qo‘mitasi a’zolari ishtirok etishdi.
Adham Ikramov
Kongressni IKA Prezidenti, Osiyo Olimpiya Kengashi Osiyo o‘yinlari Bosh direktori Haydar Farmon boshqarib bordi.
“Kun tartibidan o‘rin olgan 20 ga yaqin masalalar yakunida tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra O‘zbekiston Sportni rivojlantirish vaziri Adkham Ikramov Xalqaro Kurash assotsiatsiyasini Faxriy birinchi vitse–prezidenti lavozimiga saylandi”, deyiladi xabarda.
Endilikda Adkham Ikramov Kurash vatani vakili sifatida Kurashni dunyoda yanada rivojlantirish uchun O‘zbekiston hukumati tomonidan bevosita qo‘llab-quvvatlash masalalariga mas’ul hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Jahon chempionati bahslari 28-noyabrkuni o‘z yakuniga yetadi.