Zaporojye AESda ukrainalik jangarilar yetkazgan zarar bartaraf etilmoqda

Ta’mirlash brigadalari Zaporojye AESda ukrainalik jangarilarning o‘qqa tutishi oqibatida yetkazilgan zararni bartaraf etishmoqda.
Sputnik
Zaporojye AES bloklari soni va o‘rnatilgan quvvati bo‘yicha Yevropada eng yirik hisoblanadi. Mart oyidan beri u Rossiya harbiylari himoyasida. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ta’kidlaganidek, bu yadroviy va radioaktiv materiallarning sizib chiqishining oldini olish uchun zarur. Shu bilan birga, Ukraina qo‘shinlari stansiyani ham, qo‘shni Energodar shahrini ham muntazam ravishda o‘qqa tutmoqda.
Kuni kecha Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) ekspertlari Ukraina Qurolli kuchlarining o‘qqa tutishidan jabr ko‘rgan Zaporojye atom elektr stansiyasini tekshirish chog‘ida sezilarli zararni aniqladi.
Shuningdek, qo‘riqchilar joylashgan binolar yaqinida ham ko‘zga ko‘rinadigan zarar bor. MAGATEning qayd etishicha, stansiyaning asosiy jihozlari shikastlanmagan, yadro xavfsizligi bilan bog‘liq muammolar yo‘q.