Yaqin yillarda 6,5 ming km oqova suv tarmoqlari tortiladi – “O‘zsuvta’minot”

Respublika aholisining markazlashgan oqova suv xizmatlari bilan ta’minlanganlik darajasini 35 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. AOKAda “O‘zsuvta’minot” AJ rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida “Oqova suvlarni chiqarib yuborish: muammo va yechimlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Ma’lm qilinishicha, bugungi kunda mamlakatda 125 ta oqova suv tozalash inshootlari mavjud bo‘lib, shundan 58 tasi yirik, 67 tasi lokal oqova suv tozalash inshootlari hisoblanadi. Oqova suv inshootlariningumumiy loyihaviy kunlik quvvati 3,7 mln metr kub bo‘lib, amalda kuniga 2,7 mln metr kub quvvatbilan ishlab kelmoqda.
“O‘zsuvta’minot” AJ mutaxassisi Anvar Muhammadiyevning ma’lum qilishicha, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasiga muvofiq 32 ta yirik shaharlarva 155 ta tuman markazlarida oqova suv tizimlarini yangilashbelgilangan.

“Ushbu davr mobaynida 283 ta oqova suv inshootlari quriladi, 6,5 ming km oqova suv tarmoqlari tortiladi va rekonstruksiya qilinadi. Buning natijasida respublika aholisining markazlashgan oqova suv xizmatlari bilan ta’minlanganlik darajasi 35 foizga yetkaziladi”, - dedi mutaxassis.

Uning so‘zlariga ko‘ra, oqova suv xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi tizimli muammolardan biri – bu sanoat korxonalarida birlamchi (lokal) tozalash uskunalari o‘rnatilmaganligidir. Korxonalardagi mavjud tozalash uskunalari ham talabga javob bermaydi. Buning oqibatida chiqarilayotgan oqova suvlarning tarkibi meyordan yuqori zararli bo‘lib, tozalash inshootlarining texnologik faoliyatini izdan chiqarmoqda.
Hozirda respublikada 282 ta oqova suv ko‘tarish nasos stansiyalarida jami 527 ta nasos agregatlari mavjud bo‘lib, shundan 122 tasi nosoz, shuningdek, mavjud jami 8,8 ming km oqova suv tarmoqlaridan 2,1 ming km (23%) ta’mirtalab ahvolga kelgan.
Muammoni hal etish maqsadida barcha dasturlar doirasida kunlik umumiy quvvati 1,3 mln metr kub bo‘lgan 45 ta oqova suv tozalash inshootlari, 329 ta nasos stansiyalari va 3,8 ming km oqova suv tarmoqlarini qurish ishlari olib borilmoqda.