Shaxmat: Terma jamoa sharafiga maxsus vaucherlar muomalaga chiqarildi

Jamoa shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida Ukraina jamoasini yana bir bor mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi.
Sputnik
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoa sharafiga maxsus vaucherlar muomalaga chiqarildi. Bu haqida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev ma’lum qildi.

“Terma jamoamiz sharafiga maxsus vaucherlar muomalaga chiqarilibdi. Shamsiddin banknoti tez orada muomalaga chiqarilar ekan”, deb yozadi Alisher Sadullayev o‘zining Telegram-kanalida.

Terma jamoa sharafiga maxsus vaucherlar muomalaga chiqarildi
Uning qo‘shimcha qilishicha, Quddusda bo‘lib o‘tayotgan FIDE jamoalari o‘rtasida jahon chempionatida ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi Ukraina jamoasiga qarshi qora donalarda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Jamoa shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida Ukraina jamoasini yana bir bor mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonlik grossmeysterlar Isroilda bo‘lib o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha FIDE jamoalar o‘rtasidagi jahon chempionatida muddatidan oldin keyingi bosqichga yo‘l olishgandi.
Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasidan xalqaro grossmeysterlar Nodirbek Yakkubboyev, Javohir Sindarov, Shamsiddin Vohidov, Jahongir Vohidovlardan iborat kvartet bilan B guruhida saralash raundlarini o‘tkazmoqda.