Rossiyada 6 million xorijiy fuqaro doimiy yashaydi - Kazakova

Rossiyada doimiy asosda 6 millionga yaqin xorijiy fuqarolar yashaydi. Ulardan 3 millionga yaqini mehnat migrantlari.
Sputnik
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Bugungi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada 6 millionga yaqin xorijlik istiqomat qiladi, ularning yarmi mehnat migrantlari. Bu haqda payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Rossiya IIV Migratsiya bosh boshqarmasi boshlig‘i Valentina Kazakova ma’lum qildi.
“Hozirda Rossiyada 6 millionga yaqin xorij fuqarosi qolmoqda, ularning yarmi mehnat migrantlari. Ularning 400 mingga yaqini talabalar va 750 mingga yaqini vaqtincha va doimiy istiqomat qiluvchi xorijiy fuqarolardir", - dedi Kazakova.
Shuningdek Migratsiya boshqarmasi boshlig‘i o‘tgan yil davomida 3 millionga yaqin chet el fuqarolari majburiy barmoq izlari topshirganini (daktiloskopiya) ma’lum qildi.
“O‘tgan yilning oxiridan boshlab barcha chet el fuqarolarini barmoq izini qayd etish, suratga olish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish majburiyatini yuklovchi qonun kuchga kirdi. <...>. Joriy yilda deyarli 3 million kishi ushbu protseduradan o‘tdi”, - dedi Kazakova brifingda.
Shuningdek Kazakova Rossiyada yil boshidan buyon aniqlangan soxta ro‘yxatga olish faktlari haqida ham ma’lum qildi.
“Yil boshidan beri 660 mingta holatda xorijiy fuqarolarni soxta ro‘yxatga olish fakti aniqlandi. Ular hisobdan chiqarilib, jinoiy ish qo‘zg‘atildi”, - dedi u.
Kazakovaning qo‘shimcha qilishicha, yil boshidan buyon 220 ta soxta nikoh qayd etilgan holatlar ham aniqlangan.