Rossiya kelasi yil ham YeOII davlatlariga shakar yetkazib beradi - Bodin

Bu yil Rossiyada lavlagi shakarini ishlab chiqarish boshlanganiga 220-yil to‘ldi - tafsilotlar.
Sputnik
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Rossiya 2023-yilda ham Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlarini shakar mahsuloti bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda. Bu haqida Rossiya shakar ishlab chiqaruvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi Andrey Bodin "Rossiya segodnya" XAA tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Andrey Bodinning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda shakar ishlab chiqarish rejadagidek davom etmoqda va mahsulot barcha savdo shoxobchalari peshtaxtalarida sotilmoqda.

“Biz 2023-yilda nafaqat Rossiyani, balki Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlarini ham shakar bilan ta’minlaymiz. Bu yil haqiqatan ham ob-havo va iqlim sharoiti sababli qand lavlagi yig‘ib olishga biroz kechikdik. Ammo bizda qor tozalovchi kombaynlar sotib olish imkoniyati bor va bu hatto qor ostidan ham hosil yig‘ish imkonini beradi”, deydi Andrey Bodin.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda mamlakatda 65ta shakar zavodlari mavjud. Ularda 250 ming ishchi o‘z faoliyatini olib bormoqda. Shakar ishlab chiqarish xajmi bu yil 6,1 mln tonnaga teng bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, 27-noyabr kuni Rossiyada shakar kuni nishonlanadi. Bu yil Rossiyada lavlagi shakarini ishlab chiqarish boshlanganiga 220-yil to‘ldi.
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, 1802-yil noyabr oyida Tula viloyatining Alyabevo qishlog‘ida qand lavlagini qayta ishlaydigan birinchi shakar zavodi ishga tushirilgan. Shu yilning o‘zida ishlab chiqarish mavsumi boshlandi, uning davomida zavodda 300 pud shakar ishlab chiqarilgan.
Ilgari Rossiyaga qamish oq shakar va xom shakar import qilingan, undan oq shakar ishlab chiqarilgan. Uch asr davomida shakar iqtisodiy rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib keldi va uning savdosi katta kapital oqimiga turtki bo‘lgan.