TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Banklar va uchinchi mamlakatlar aralashuvidan mustaqil yangi xalqaro to‘lovlar tizimini yaratish zarur. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Sun’iy intellekt dunyosiga sayohat (AI Journey)” xalqaro anjumanida nutq so‘zlayotib ma’lum qildi.
Rossiya rahbari xalqaro to‘lovlar tizimi hozir mamlakatlarning kichik bir guruhi tomonidan nazorat qilinayotganini eslatdi.
“Bugun xalqaro to‘lovlar tizimi qimmat turadigan narsa, uning korrespondentlik hisoblari va tartibga solish tizimi tor doiradagi davlatlar va moliyaviy guruhlar nazorati ostida”, - dedi Putin.
U Rossiyaga qarshi sanksiya hujumlaridan biri bu sohada uyushtirilayotganini qayd etdi.
“Bunday olib qaragandi, ular hayot xo‘jayinlari. Ular haqiqatdan monopollik bilan hamma narsani nazorat qilishmoqda”, - dedi Rossiya yetakchisi.