TOShKENT, 24 noya - Sputnik O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi qoshidagi yadroviy fizika instituti atom energetikasi bo‘yicha 2009-yildan Sochida o‘tkazib kelinadigan eng yirik forum - “ATOMEXPO-2022” ishtirokchisiga aylandi. Forum kuni kecha yakunlandi, va institut direktori Ilhom Sodiqovning aytishicha, - Rossiyaning TVEL yadro yoqilg‘isi ishlab chiqaruvchisi va Rosatomning ikkita bo‘linmasi, Fan va innovatsiyalar loyihasi va MBIR bilan uchta tasdiqlangan kelishuvlar bilan qaytdi.
Ushbu hujjatlar amaliyotda nimalar beradi? Forum ishtirokchilarga biz ushbu savol bilan murojaat qildik.
Elektroenergiya ishlab chiqarish
Avvalo MBIR nima ekanligini aytib o‘tish zarur. MBIR - bu to‘rtinchi avlod ko‘p maqsadli tez neytron tadqiqot reaktori. Uni ayni paytda Rossiyaning Dimitrovograd shahrida qurishmoqda. Loyihaning ishga tushirilishi 2028-yilga rejalashtirilgan, biroq qurilish tez sur’atlarda davom etmoqda, masalan, 2021-yilda reja 8% ortig‘i bilan amalga oshirilgan. ATOMEXPO forumida ta’kidlanishicha, MBIR ishga tushirilgandan so‘ng eng qudratli tadqiqot reaktoriga aylanadi.
MBIR ning ishga tushirilishi atom energetikasi sohasida birvarakayiga bir nechta masalalarni hal qiladi. Bular reaktor tadqiqotlar o‘tkazilishi, issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarilishi, tibbiyot va sanoat uchun zarur bo‘lgan radioizotoplar olishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish.
MBIR bilan kelishuv tufayli O‘zbekiston olimlari yadro fizikasini rivojlantirish yo‘nalishlarida tadqiqot olib borishlari mumkin bo‘ladi, deb xabar beradi Rosatom axborot xizmati.
Saraton kasalliklarini davolash
“Biz uchun amaliy yadro fizikasi sohasida radioizotop mahsulotlari ishlab chiqarish va ular asosida tibbiyot uchun radiofarmatsevtika vositalarini yaratish ustuvor yo‘nalish hisoblanadi”, - deydi Ilhom Sodiqov.
Sputnik ga bergan intervyusida Sodiqov tibbiy loyihalar haqida batafsil so‘zlab berdi.
“Yadroviy tibbiyot - bu turli kasalliklarni davolashda yadroviy-fizik usullardan foydalanish. Bizda u yomon rivojlanmagan. Institutimiz 60 dan ortiq nomdagi radiofarmatsevtik preparatlar ishlab chiqaradi, ulardan yadroviy tibbiyotda foydalaniladi. Ulardan asosan saraton kasalliklariga tashxis qo‘yish va davolashda foydalanishadi”, - deydi u.
Chiqindilar bilan ishlash
O‘zbekistonga “TVEL” AJ bilan ham hamkorlik katta foyda keltiradi. U yadro obyektlarini ekspluatatsiyasi bo‘yicha Rossiya atom sanoatining yagona integratori hisoblanadi, deydi forumning yana bir ishtirokchisi, energetika bo‘yicha ekspert, “Geoenergetika.info” jurnali bosh muharriri Boris Marsinkevich.
“O‘zbekistonni tabiat borasida tashvishga solayotgan masalalardan biri- bu uran konlari joylaridagi chiqindilar, mamlakatda esa ular ko‘p”, - deydi u.
Radioaktiv chiqindilarning uchinchi yoki to‘rtinchi sinfiga tegishli bo‘lgan temir rudasini boyitish chiqindilari bilan ham shug‘ullanish kerak, deb eslatib o‘tdi Marsinkevich.
“Umuman, ular odamlar uchun xavf tug‘dirmaydi, ammo muammolar keltirib chiqarmasligi uchun odamlardan uzoqroq tutish bo‘yicha MAGATE dasturi bor. Rossiyada ular bilan aloqa qilish tizimi sovet davrida shakllangan. “Radon” korxonalar tarmog‘i bunday chiqindilarni yig‘ish bilan shug‘ullangan”, -deydi ekspert.
“Radon” tarmog‘i tarixi o‘tgan asrning 1960-yillarida, SSSR Sergiyev-Posad viloyatida radioaktiv chiqindilarni mahalliylashtirish uchun maxsus korxona qurishga qaror qilgan paytdan boshlanadi. Bugungi kunda korxona yadroviy chiqindilar uchun birinchi himoya konteynerlarini ishga tushirdi.
“Ular (chiqindilar) ko‘p joy egallaydi, - deydi Marsinkevich- Tasavvur qiling, hatto uran qazib oluvchi korxona hududini o‘rab turgan panjara ham chiqindiga tegishli. Ya’ni beton bo‘laklari”.
Albatta, bunday chiqindilar hajmini kamaytirish kerak. Va bu uchun “Radon” bir nechta texnologiyalardan foydalanadi, ulardan biri - kompaktlash, chiqindilar 1,5 ming tonnagacha kuchga ega bo‘lgan maxsus press yordamida qayta ishlash. Yana bir texnologiya - chiqindilarni maydalash va konteynerlarga joylashtirish. Bu tajribalarning barchasi o‘tgan yil oxirida uran konlarini o‘zlashtirish natijasida 4 million tonna radioaktiv chiqindilar to‘plangan O‘zbekiston uchun foydali.