TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Trampolin bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Jahon Chempionatida oltin medallarni qo‘lga kiritishdi. Bu haqida Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida trampolin bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Unda 11-12 yosh toifalarida kechgan batutda sinxron sakrash dasturida Firdavs Ibragimov hamda Sardor Muhammadiyev eng yuqori natija qayd etib, oltin medalga sazovor bo‘lishdi.
Shuningdek, ushbu yosh toifasining akrobatik yo‘lakcha dasturida Serdan Shodiyev ham jamoa hisobiga oltin medalni taqdim etdi.
Trampolin bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi
© Milliy olimpiya qo‘mitasi