Komi O‘zbekiston bilan hamkorlik qilmoqchi

Komi Respublikasi ishbilarmonlari delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi.
Sputnik
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. 22 noyabr kuni Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili o‘rinbosari Igor Kaminin Komi Respublikasi ishbilarmonlar delegatsiyasi bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Rossiyaning respublikadagi savdo vakolatxonasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, uchrashuvdayog‘och sanoati mahsulotlari va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi ikkita “Pechora Sever Les” MChJ va IP “Ignatov”, shuningdek, geotekstil, geogrid, shisha tolali to‘r, bentonit va drenaj qoplama ishlab chiqarish bo‘yicha Rossiyaning yetakchilaridan biri “KOMITEKS GEO” MChJ ishtirok etdi.
Shunday qilib, uchrashuv doirasida tomonlar respublika bozoriga kirish va ishlash istiqbollarini muhokama qildilar. Viloyat vakillari, o‘z navbatida, Toshkent shahrida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ko‘rgazma zalini ochish rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
Ma’lum qilinishicha, Komi delegatsiyasining Toshkentga tashrifi 25-noyabrga qadar davom etadi.