Qatardagi JChda FIFA muxlislarga nisbatan birinchi intizomiy ish ochdi

Hayqiriqlar jahon chempionati oldidan turnirda Ekvador o‘rnini egallashni istagan Chili terma jamoasiga qaratilgan - tafsilotlar.
Sputnik
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Qatar terma jamoasi bilan turnirning ochilish o‘yini chog‘ida Ekvador terma jamoasi muxlislarining kamsituvchi hayqiriqlari sababli birinchi intizomiy ish ochdi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
Ekvador terma jamoasi yakshanba kuni “El-Bayt” stadionida Qatar terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Shundan so‘ng, FIFA muxlislarning hayqiriqlari tufayli Ekvador terma jamoasiga qarshi ayblovlar qo‘ydi va o‘z tartib-intizom kodeksining diskriminatsiyaga oid bo‘limiga ishora qildi.
Agentlik xabariga ko‘ra, bu hayqiriqlar jahon chempionati oldidan turnirda Ekvador o‘rnini egallashni istagan Chili terma jamoasiga qaratilgan.
Qayd etilishicha, ekvadorlik muxlislar ham “Biz pivo istaymiz” deb hayqirgan. Avvalroq FIFA va JCh-2022 tashkilotchilari jahon chempionatining barcha stadionlarida alkogolli pivo sotishni taqiqlagan edi.