“Aeroflot” Farg‘onaga parvozlar sonini oshirmoqda

Moskva-Farg‘ona-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha yangi reysni joriy qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. “Aeroflot” Farg‘onaga parvozlar sonini oshirmoqda. Bu haqida Uzbekistan airports ma’lum qildi.
Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasi 19-noyabr kuni Moskva-Farg‘ona-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha yangi reysni joriy qildi.
Parvozlar haftasiga uch marta, chorshanba, shanba va yakshanba kunlari 158 o‘ringa mo‘ljallangan Airbus-320 samolyotida amalga oshiriladi.
Uchib borish aeroporti - Sheremetevo. Aytilishicha, dastlabki bosqichda parvozlar charter asosida amalga oshiriladi.
“Aeroflot” Farg‘onaga parvozlar chastotasini oshirmoqda