Yangi yilga uyni bezatish necha pulga tushadi

Sputnik muxbiri Toshkent bozorlaridagi bayram bezaklari narxini o‘rgandi.
Sputnik
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Yangi yil arafasida bozor rastalari bayram bezaklari bilan to‘lib tosha boshlagan. Bu yil Yangi yil ko‘rki archa va uyni bezatish poytaxt aholisiga qanchaga tushadi – batafsil Sputnik maqolasida.
An’anaga ko‘ra, yangi yil trendlari markazida - yil ramzi. Sharq iy taqvimga ko‘ra kelayotgan 2023-yil – quyon yili.
Novogodnie tovari na prilavkax Tashkenta.
Toshkent bozorlarida quyonchalar hozircha kam, biroq taqvim va tabrik maktublari bisyor.
Masalan, Mirobod bozorida quyon rasmi tushirilgan taqvimlarni 30 ming so‘mga xarid qilish mumkin.
Novogodnie tovari na prilavkax Tashkenta.
Bu yil korxonalar novdalari oppoq qorga burkangan sun’iy archalarni ko‘proq ishlab chiqarishmoqda. Bir metrli archa 400 ming so‘mdan boshlanadi.
Narxlar nafaqat archaning sifati va balandligi, balki unda o‘yinchoqlar bor yoki yo‘qligiga ham bog‘liq. Novdalari oppoq qorga burkangan bezatilgan sun’iy archani o‘rtacha 500 ming so‘mga xarid qilish mumkin.
Novogodnie tovari na prilavkax Tashkenta.
Rastalarda turli girlyanda (chiroqlar) va archa bezaklarini topish mumkin. Kerakli rang va o‘lchamdagi bezaklarni topish muammr emas.
Eng oddiy girlyandalar 40 ming so‘m turadi, 100 ming so‘mga chiroq ranglari turlicha bo‘lgan va uni istalgan rangda yonishini belgilash mumkin bo‘lganini sotib olish mumkin.
Novogodnie tovari na prilavkax Tashkenta.
Xitoyda ishlab chiqarilgan oddiy archa bezaklari to‘plaminini 50 ming so‘mga xarid qilsa bo‘ladi. 70-80 ming so‘mdan kreativ va chiroyli bezalgan sharlarni xarid qilish mumkin, 100-150 ming so‘m sarflab esa mashhur sovet o‘yinchoqlari uslubidagi bezaklarni olish mumkin.
Qorbobo va Qorqiz qo‘g‘irchoqlari taxminan 90-100 ming so‘m turadi, raqsga tushuvchi va gapiradigan qo‘g‘irchoqlar 200 ming so‘mdan boshlanadi.
Novogodnie tovari na prilavkax Tashkenta.
Shu tariqa, sanab o‘tilgan barcha yangi yil bezaklarining minimal narxi 620 ming so‘m, maksimal narxi esa 1 mln 100 so‘m atrofida.
Qayd etish joizki, hozircha bezaklar ayrim joylarda paydo bo‘lgan va bunday joylar ko‘payishi bilan ular narxi tushishi ehtimoldan yiroq emas.
Boz ustiga, Yangi yilga 10 kun qolganda an’anaviy ravishda mamlakatning barcha bozorlarida davlat yarmarlari ochiladi. U yerda nafaqat oziq-ovqat mahsulotlarini, balki yangi yil bezaklarini ham arzon narxda sotib olish mumkin bo‘ladi.