Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya BMTning rus harbiylari otib tashlanganiga munosabatini tanqid qildi

Mariya Zaxarova BMT voqealarga munosabat bildirishda bir qarorga kelishi kerakligini ta’kidlamoqda.
Sputnik
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakillari Donbassda rossiyalik harbiylarning qatl etilishi bilan bog‘liq vaziyatda “faktlarga baho berishdan qochib, umumiy iboralar orqasiga yashirinmoqda”. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova shunday fikr bildirdi, deb xabar berdi RIA Novosti.
“Menimcha, BMT Kotibiyati vakillari qaror qabul qilishlari kerak: yo bir marta “barcha yomonlikka qarshi yaxshilik tarafdori” ekanliklarini e’lon qilishlari kerak; yoki turli hodisalarni baholashga o‘zlarining funksional majburiyatlari va vakolatlariga muvofiq xolis, obyektiv yondashishni boshlashlari kerak”, - deb yozdi u Telegram’dagi kanalida.
Shu tariqa, Rossiya TIV vakili BMTning harbiy xizmatchilarning qirg‘in qilinishi aks etgan videorolik e’lon qilinishiga munosabatini izohladi. BMTda hodisaga munosabat bildirib, “inson huquqlarining har qanday buzilishidan xavotirda” ekanliklari aytilgandi.
Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, “Buchadagi voqealar yuzasidan ular batafsil, aniq va faolroq bo‘lishgandi”.
Avvalroq Mudofaa vazirligi Ukraina harbiylari taslim bo‘lgan o‘n nafar rossiyalik askarni qasddan o‘ldirganini ma’lum qilgandi.
18 noyabr kuni internetda rus askarlarini otib tashlash jarayoni aks etgan video paydo bo‘ldi. Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari kengashi (IHK) raisi Valeriy Fadeyevning so‘zlariga ko‘ra, bu voqea LXRning Makeyevka qishlog‘ida sodir bo‘lgan. U voqeani “kishining jig‘iga tegadigan namoyishkorona jinoyat” deb atadi va xalqaro tergov o‘tkazilishini talab qilishini aytdi. IHK videoni BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi, YeXHT, Yevropa Kengashi, Amnesty International, Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi va boshqa tashkilotlarga yuboradi.
Keyinroq Rossiya Tergov qo‘mitasi asirga olingan rossiyalik harbiylarning Ukraina vakillari tomonidan ommaviy qatl etilishi fakti bo‘yicha jinoiy ish ochdi.