Putin va Aliyev Sochida erishilgan kelishuvlarni muhokama qildi

Putin va Aliyev Ozarbayjon-Armaniston chegarasida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha uch tomonlama formatdagi ishlarni davom ettirish muhimligini ta’kidladi, deyiladi xabarda.
Sputnik
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qilib, 31-oktabr kuni Sochida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

“Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston rahbarlari erishgan kelishuvlarni, shuningdek, joriy yil 31-oktabrkuni Sochida erishilgan uch davlatning oliy darajadagi oldingi qo‘shma bayonotlarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Ozarbayjon-Armaniston chegarasida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha uch tomonlama formatdagi ishlarni davom ettirish muhimligini ta’kidladi.

“Ozarbayjon-Armaniston chegarasida xavfsizlikni ta’minlash va Janubiy Kavkazda transport aloqalarini tiklash bo‘yicha uch tomonlama formatdagi ishlarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi”, - deyiladi xabarda.

Armaniston va Ozarbayjon chegarasida vaqti-vaqti bilan otishmalar bo‘lib turadi. Oxirgi jiddiy keskinlashuv 13-sentabrga o‘tar kechasi sodir bo‘ldi. Yerevanning ma’lum qilishicha, Ozarbayjon harbiylari Armanistonning chegaradosh hududlarini artilleriya va dronlardan o‘qqa tutgan. Bu hududlarning Qorabog‘ga hech qanday aloqasi yo‘q. Boku arman harbiylari Ozarbayjon qo‘shinlarining chegaradagi pozitsiyalarini o‘qqa tutgani, to‘qnashuv bo‘lganini ma’lum qilgan.
Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Armanistonni tinchlik jarayonini buzish niyatida aybladi. Har ikki tomon o‘z harbiylari orasida qurbonlar borligini ma’lum qildi. Ertalab tomonlar o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi. Federatsiya Kengashi xalqaro qo‘mitasi rahbari Grigoriy Karasinning RIA Novostiga ma’lum qilishicha, Armaniston va Ozarbayjon chegarasida sulh Rossiyaning sa’y-harakatlari, jumladan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘rtasidagi suhbat va Rossiya Tashqi ishlar vazirligining ishidan keyin erishilgan.