Ostonada O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tmoqda - foto

Tadbirlarda O‘zbekistondan yuzdan ortiq ijodkorlar ishtirok etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Qozog‘istonning Ostona shahrida O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun o‘zbekistonlik san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etiladi, deya xabar berdi Madaniyat vazirligi Sputnik muxbiriga.
Qozog‘iston Madaniyat va sport ishlari vazirligining murojaatiga binoan 21 – 24-noyabr kunlari Ostonada O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkazilmoqda.
Tadbirda O‘zbekistondan yuzdan ortiq ijodkorlar, xususan madaniyat va san’at namoyondalari, Respublika markaziy ko‘zi ojizlar kutubxonasi vakillari, hunarmand va rassomlar ishtirok etmoqda.
Ayni paytda ular madaniyat kunlarini yuqori darajada o‘tkazish uchun qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Tadbirlarda har ikki taraf ijodkorlarining mahorat darslari, anjumanlar, amaliy san’at hamda zargarlik buyumlari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.
Bugun madaniyat kunlari doirasida ikki davlat san’at ustalari ishtirokida konsert dasturlari namoyish etiladi.
1 / 6
2 / 6
3 / 6
4 / 6
5 / 6
6 / 6