TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (KXShT) a’zo mamlakatlar Xavfsizlik kengashi kotiblari natsizm, neonatsizm va ekstremizmni ulug‘lashni qoralashadi. Bu haqda Yerevandagi KXShT tashqi ishlar vazirlari kengashi, mudofaa vazirlari kengashi va Xavfsizlik kengashlari kotiblari qo‘mitasining qo‘shma majlisida qabul qilingan qo‘shma bayonotda keltirilgan.
Qo‘shma bayonotda KXShTga a’zo mamlakatlar Xavfsizlik kengashi kotiblari demokratik va umuminsoniy qadriyatlarga, xavfsizlikka, ijtimoiy barqarorlikka va jamiyat hamjihatligiga real tahdid tug‘diruvchi natsizm, neonatsizm, ekstremizm, shovinizm, ksenofobiyaning barcha shakli, nafrat, irqiy va millat ustunligi ulug‘lanishidan xavotir bildirishdi va uning o‘sib borayotganini qoralashdi.
Bundan tashqari, KXShT Xavfsizlik kengashi kotiblari natsizm va millatchi mafkuralarni tarqatish va oqlashga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarni qoralashdi.
Ular davlatlar va xalqaro tashkilotlarning natsizm, neonatsizm va ekstremizmni ulug‘lashga qarshi qaratishgan sa’y-harakatlarini olqishlashgan.
Eslatib o‘tamiz, KXShTga Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston a’zo.