Bu qiziq

Kiberekspert buzish eng oson bo‘lgan parollarni aytdi

Mutaxassisga ko‘ra kalit so‘zlar turli belgi va raqamlardan iborat bo‘lishini kerak.
Sputnik
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Ma’lumotlar himoyasini ta’minlash uchun kalit so‘zlarni puxta tanlash kerak – oddiy va qulay harf va raqamlar xavfsizlik ta’minlandi degani emas. Bu haqda “T1 integratsiya” axborot xavfsizligi bo‘yicha kompetentlik markazi rahbari Valeriy Stepanov “Praym” agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, 123456789, password, abc123 va shunga o‘xshash “tartibli” kalit so‘zlardan foydalanish kerak emas, chunki bunday shifrlarni buzish uchun bir necha soniya yetarli. Bundan tashqari, kodlarni qog‘ozga yozishingiz shart emas.
Stepanov kamida sakkizta belgidan, turli harflar, raqamlar va boshqa belgilardan foydalangan holda kalit so‘zlar yaratishni tavsiya qiladi. U, shuningdek, ikki bosqichli autentifikatsiya qilish maqsadga muvofiq bo‘lishini eslatdi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, raqamli ehtiyotkorlik qoidalariga muvofiq parollar vaqti-vaqti bilan o‘zgartirilishi kerak.