Ilhom Sodiqov “Rosatom” atom energiyasi davlat korporatsiyasining nishoni bilan taqdirlandi

Mazkur nishon Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ko‘p yillik samarali hamkorlik doirasida taqdim etildi.
Sputnik
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Yadro fizika instituti direktori Ilhom Sodiqov “Rosatom” atom energiyasi davlat korporatsiyasining nishoni bilan taqdirlandi.Bu haqda Fanlar akademiyasi xabar berdi.
Mazkur nishon Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ko‘p yillik samarali hamkorlik doirasida taqdim etildi.

“Ilhom Sodiqov kasbiy faoliyatdagi muhim yutuqlari va yadro fizikasi sohasida samarali xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan katta shaxsiy hissasi uchun taqdirlandi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Sochida bo‘lib o‘tgan “Atomekspo” xalqaro atom sanoati forumi doirasida O‘zbekiston Yadro fizikasi instituti “Rosatom” davlat korporatsiyasi bilan bir qator kelishuvlarni imzoladi.
Endilikda, O‘zbekiston Yadro fizikasi instituti Rossiyaning MBIR reaktoriga asoslangan xalqaro konsorsiumga qo‘shilish hamda “Rosatom”ning “TVEL” yoqilg‘i kompaniyasi o‘rtasida yadroviy obyektlarni ekspluatatsiya qilish va chiqindilarni boshqarish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni imzolandi.