Energoinqirozdan dorilar tanqisliligacha: Yevropaning muammolari ko‘paymoqda

Yevropa ko‘z ochib yumguncha deyarli qish ham kelib qoldi Ha, qit’aning g‘arbiy qismi (o‘sha YeI mamlakatlari joylashgan qismi) quyoshning tikkaga turish kunini, ya’ni 22-dekabrda qishga kiradi, ammo baribir, garchi noyabr bo‘lsada, xuddi qishdagi kabi sovuq bo‘ladi.
Sputnik
Bunda odatda issiqliq ta’minoti qo‘shiladi, pechlar va kaminlarga o‘tin tashlashadi, odatdagidek kechqurun issiq vanna qabul qilinadi, divanda kitob ushlagan holda uxlab qolinadi.
Issiqlik, chiroq va issiq suvga keyinroq qaytamiz, hozir esa qish va kuzning so‘nggi kunlari - nafaqat issiq shokolad, limonli, asalli choy davri, balki shamollash kasalliklar avj oladigan mavsumi ekanligini aytib o‘tmoqchimiz. Turli tonzilit (xalq tilida angina deyiladi)dan tortib, o‘rta quloq yallig‘lanigishigacha olib kelishi mumkin.
Ushbu ikki kasalliklar bakteriyalar, turli streptokokk, stafilokokk va yana ko‘plab yaramas -kokklar tufayli kelib chiqadi. Tibbiyot hamma umid qilganidek, ularni hal qilishni o‘rgandi. Antibiotiklar va eng mashhur- penitsillinni yaratgan, uning asosida dorilarni ishlab chiqarish sanoati, ularning dozalari va ulardan foydalanishni o‘ylab chiqqanlarga katta rahmat, albatta. Biz ruslar, bu olimlardan chuqur minnatdormiz.
Ammo, “taraqqiylashayotgan” insoniyat, ayniqsa umumevropa jamiyati o‘sha sabablarga ko‘ra, o‘zini bakteriyalarga nisbatan mustahkam himoyalanganman deb hisoblar edi.
Ma’lum bo‘lishicha, aslo unday emas ekan.
Fransiyada (ha, ha, kutilmaganda sog‘liqni saqlash masalari taraqqiy etgan ushbu mamlakatda) amoksitsillindek (bu o‘sha penitsillinning nabirasi bo‘ladi) oddiy antibiotikda murakkabliklar borligi aniqlanganmish. Soddaroq aytganda, mamlakatda ushbu eng keng tarqalgan va arzon dori tanqisligi yuzaga kelibdi.
Ammo bu hammasi emas.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu tanqislikda (balki tarang yetishmovchilik ham bo‘lishi mumkin) nafaqat bakteriyalarga qarshi ushbu preparat, balki shuncha dorilar ro‘yxati ham bor emish va ularning ro‘yxati 28(!) betni tashkil qilar ekan.
Aptekalarda hayotiy belgilar uchun ko‘pincha buyuriladigan qat’iy retsept bo‘yicha dorilar ham bo‘lmasligi mumkin (va bu haqida sodda odamlarni atayin adashtiradigan “rus propagandasi” emas, balki hukumat tashkiloti - mamlakat dorilar xavfsizligi milliy agentligi -ANSM xabar bermoqda)
Fransuzcha hashamat (ya’ni ikkiyuzlamachilik) bilan vaziyat “yetkazib berish bilan muammolar” (les tensions d’approvisionnement) deb nomlangan.
Tarjima qilganda: og‘ir astma bilan og‘rigan bemorlar yoki ichki sekretsiya bezlari, shu jumladan, qalqonsimon bez va gipofiz bezining disfunksiyasi bo‘lganlar yoki bir qator muhim gormonlar ishlab chiqarishni murakkablashtirgan bolalar uchun zarur bo‘lgan dorilar bilan vaziyat og‘ir.
Boshqacha aytganda, mutaxassis shifokor qabuliga o‘tish - o‘ziga ishongan va sabrli odamlar uchun alohida sport, biroq oddiy antibiotiklar uchun sodda retseptdagi dorilarni dorixonalarda olib bo‘lmaydi. Yoki dorixonama dorixona yugurib, yoki buyurtmani kutib o‘tirishga to‘g‘ri keladi. Va bu fransuz, kengroq aytganda umumevropa hukumati o‘z fuqarolari uchun o‘ylab topgan musobaqa turi xolos.
Milliy siyosiy va iqtisodiy elitalar o‘z aholisini “baxtli globalizm” dan boshqa globalizm yo‘q, deya shu qadar uzoq vaqtdan buyon ishontirib keldiki, va natijada quyidagilar sodir bo‘ldi: Yevropa Ittifoqi bo‘ylab barcha dorivor preparatlar ishlab chiqarishning taxminan 85 foizi, shu jumladan, ishlab chiqarish liniyalarida dori molekulalarini yaratish Osiyo mamlakatlariga ko‘chirildi. Asosan Hindiston va Xitoyga.
Ko‘chirilganiga sabab shundaki, katta farm kompaniyalarni tentaklar emas, balki anchayin aqlli odamlar boshqarishadi: ular birinchidan, tannarxni pasaytirish nihoyatda arzon (YeIga nisbatan) ishlab chiqarish bilan qanday foyda keltirishini hisoblab chiqishdi, ikkinchidan ularning harakatlari kun tartibining dolzarb yashil sanoati masalalariga mos kelardi.
To‘g‘ri, farmatsevtika zavodlari va fabrikalari o‘zidan keyin juda ko‘p chiqindi qoldiradi. Ammo nega endi Yevropaga u uchun bunday qimmat usulda chiqindilarni utilizatsiya qilish kerak? Daromadni kamaytirish uchun - hech bo‘lmaganda oldin, hech bo‘lmaganda soliqlardan keyinmi?
Sodda savollaringiz bilan hayratlanarli marjalarga o‘rganib qolgan boy-badavlat amakilarni kulgusini keltirmang.
Biroq, “baxtli globalizm”da yanala globalroq bo‘lgan energotashuvchilar bo‘yicha inqirozni ham hisobdan chiqarmang. Va farmatsevtika sanoati (ko‘p energiya talab qiladigan tarmoq sifatida) Osiyoga ko‘chirilgan bo‘lsa ham, unga aloqador bo‘lmay qolmadi. Dorilarni ishlab chiqarish sur’ati sekinlashdi.
Kim aybdor? Albatta, har doim dorilar, jumladan antibiotiklar yozib beradigan shifokorlar aybdorda.
Nima qilish kerak? Juda zarur bo‘lgan istisno holatlardagina medikament yozib berish kerak.
Odamlar esa kasal bo‘lmasligi va asosiysi issig‘i chiqmasligi shart! Chunki o‘sha haroratni tushuruvchi paratsetamol bilan ham xuddi o‘sha inqiroz, voy yo‘g‘ey, uzr, les tensions d’approvisionnement kuzatilmoqda.
Aytgancha, shamollanishda davolanish uchun limonli issiq choy, issiq vanna va yana boshqa xalq tabobati usullariga umid qilmagan yaxshiroq.
Bir vaqtlar mutlaqo va yuz foiz elektr ishlab chiqarish ishlari bo‘yicha suveren derjava bo‘lgan Fransiya bugun o‘sha elektrni yilda 213 kun import qiladi. Bu haqida alamlar va tarixiy qudratini qo‘msab “Figaro” nashri yozmoqda.
Bu vaqtlar “Mond” qishda elektr uzilishlari xavfi har qachongidan ham yuqori ekanligi va turli piarchilar amaldorlarga (fransuzlarni bezovta qilmaslik va ularning jamoaviy ruhiyatiga og‘ir botmasligi uchun) “tarmoq kuchlanishini pasaytirish” iborasidan foydalanishni tavsiya qilishgan bo‘lsa, bugun ular o‘sha rahbarlarni haqiqatga ikki ko‘zlari bilan qarashga chorlashmoqda.
Noyabr oyi boshida "Bloomberg" hech qanday kinoyalarsiz ta’kidladi: “fransuz energetikasida bo‘lib o‘tayotgan hodisalarda Putinni ayblash kerak emas. Bu golni darvozalariga fransuzlarning o‘zlari kiritishgan”. Va agentlikning qo‘shimcha qilishicha, bir paytlar “milliy energetikaning marvaridlari – atom elektr stansiyalarini ishlab chiqarish yana pastga qarab qayta ko‘rib chiqilgan”.
Reaktorlarni ishga tushirishni tezlashtirish bo‘yicha ishontirish, so‘rov va talablar profilaktika maqsadida to‘xtatilganiga qaramay, ushbu obyektlar xavfsizligi uchun mas’ullar amaldagi qoidalarni buzmasliklari va obyektlar hokimiyatdagilar talab qilganda emas, balki tayyor bo‘lganda ishga tushirilishini aytishdi.
Agar qish sovuq bo‘lsa, ya’ni issiqlikni (juda) yaxshi ko‘radigan yevropaliklar o‘rgangan harorat meyorlaridan past bo‘lsa, ko‘p qiziqarli ishlar sodir bo‘lishi aniq. Masalan, romantiklarning so‘zlariga ko‘ra chiroqlar shahri bo‘lmish Parij xuddi shu chiroqlarini o‘chirib qo‘yishi mumkin. Chunki elektr juda kam, undan foydalanishni istaydiganlar esa ko‘p.

Qorong‘uda, sovuq xonada, baland harorat bilan dorisiz, imkoniyatsiz o‘tirish - bu avvallari uchinchi dunyo mamlakatlari (yevropaliklar yengil nafrat bilan boshqalarni shunday atashardi) ga xos bo‘lgan odat edi.

Bir paytlar sayyoramizning eng qudratli iqtisodiyoti va barcha imtiyozlardan bahramand bo‘lgan oltin yarim milliardning o‘zi bugun ko‘z ochib yumguncha- sprinter tezligida o‘sha uchinchi dunyoga aylandi. Va bu zinapoyadan tepaga chiqish uchun qancha vaqt kerak bo‘ladi, hech kim bilmaydi va umuman bu haqda o‘ylashdan qo‘rqishadi.