Dzudo: Bugun O‘zbekiston chempionati boshlanadi

Chempionat poytaxtdagi "Universal" sport saroyida bo‘lib o‘tadi - tafsilotlar.
Sputnik
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Bugun dzudo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlanadi. Poytaxtdagi "Universal" sport saroyi dzudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi chempionatga mezbonlik qiladi, deya xabar berdi Sportni rivojlantirish vazirligi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan sara dzudochilar uch kun davomida jami 14 ta (7 ta ayollar, 7 ta erkaklar) vaznda yilni O‘zbekiston chempioni sifatida yakunlash uchun bahs olib boradi.
Bugun erkaklar o‘rtasida -60, -66, ayollarda esa -48, -52, -57 kg vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, chempionat 25-noyabrga qadar davom etadi. Unda Respublikaning barcha hududlaridan tashrif buyuradigan polvonlar g‘oliblik uchun bahs olib borishadi. Bellashuvlarning xolis baholanishini ta’minlash maqsadida xorijlik referilarning tashrifi ham kutilmoqda.