TOShKENT, 23 noya — Sputnik. O‘zbekistonda bolani chet davlatda nazoratsiz qoldirganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanmoqda. Bu haqida amaldagi qonunchilikka tegishli o‘zgarishlar kiritish masalasi bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida muhokama qilindi va deputatlar tomonidan ma’qullandi.
Yangi qonunga muvofiq, amaldagi “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning 14-moddasi yangi bandlar bilan to‘ldiriladi. Ularda ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolaning chet davlatda nazoratsiz qoldirilishi - javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik kodeksi 476-modda bilan to‘ldiriladi. Unda o‘z qaramog‘ida bo‘lgan voyaga yetmagan shaxslarni chet davlatda nazoratsiz qoldirish uchun BHMning 10 baravaridan 50 baravarigacha jarima belgilangan.
Undan tashqari Jinoyat kodeksining 1221-moddasi, Jinoyat-protsessual kodeksining 345 va 3812-moddalarida ham tegishli ravishda o‘zgarishlar kiritilib, huquqni saqlash organlariga surishtiruv va dastlabki tergov ishlarini amalga oshirish tartibi belgilanadi.
Majlisda ushbu qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.