Adham Ikramov besh karra jahon chempioni rossiyalik gimnastikachi Aleksey Nemov bilan uchrashdi

Uchrashuvda o‘zbek va jahon gimnastikasi afsonasi Oksana Chusovitina ham ishtirok etdi.
Sputnik
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov to‘rt karra Olimpiada chempioni, besh karra jahon chempioni rossiyalik gimnastikachi Aleksey Nemovni qabul qildi.
Uchrashuvda o‘zbek va jahon gimnastikasi afsonasi Oksana Chusovitina ham ishtirok etdi. Suhbat davomida mehmonga vazirlik faoliyati, yoshlar orasida sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.
O‘z navbatida Aleksey Nemov Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik aloqalar tobora mustahkamlanib borayotganini ta’kidladi.
Shuningdek, u Oksana Chusovitina o‘z faoliyatini davom ettirayotgani maqtovga sazovor ekanligini qayd etib o‘tdi.