TOShKENT, 22 noya — Sputnik. 9-noyabr kuni Tokiodagi Imperator saroyida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimovga “Chiqayotgan quyosh katta Kordon ordeni”ni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, an’anaga ko‘ra, ordenni Yaponiya imperatori Naruxito bosh vazir Fumio Kisida huzurida topshirdi.
“Aziz Abduhakimovning “Chiqayotgan quyosh katta Kordon ordeni” bilan taqdirlanishi Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ko‘p yillik hissasi e’tirof etilganini tasdiqlaydi”, - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, bu orden 1875-yildan beri topshirib kelinayotgan bo‘lib, Yaponiyadagi eng qadimgi va “Chiqayotgan quyosh ordeni”ning eng yuqori darajasi (6-daraja) hisoblanadi.