Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi

Dengiz sathidan 2000 metr yuqorida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Joriy yilning 23–25 noyabr kunlari Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi.
Gidrometeorologiya xizmati markazi xabariga ko‘ra, Bo‘stonliq tumanidagi Chotqol tizmasining Chimon tog‘lari tabiiy hududi bo‘ylab dengiz sathidan 2000 metr yuqorida qor ko‘chish xavfi mavjud.
Eslatib o‘tamiz, sinoptiklar joriy haftaning oxirigacha O‘zbekiston hududiga Erondan quruq va juda iliq havo kirib kelishini ma’lum qilgandi. Kunduzi havo harorati +18...+20 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda +23 daraja iliqqacha ko‘tarilishi kutilyapti.