O‘zbekistonlik shaxmatchilar JChda muddatidan oldin keyingi bosqichga yo‘l olishdi

Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasidan xalqaro grossmeysterlar Nodirbek Yakkubboyev, Javohir Sindarov, Shamsiddin Vohidov, Jahongir Vohidovlardan iborat kvartet bilan B guruhida saralash raundlarini o‘tkazmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik grossmeysterlar Isroilda bo‘lib o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha FIDE jamoalar o‘rtasidagi jahon chempionatida muddatidan oldin keyingi bosqichga yo‘l olishdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasidan xalqaro grossmeysterlar Nodirbek Yakkubboyev, Javohir Sindarov, Shamsiddin Vohidov, Jahongir Vohidovlardan iborat kvartet bilan B guruhida saralash raundlarini o‘tkazmoqda.
Kecha, musobaqada 3 va 4-tur bahslari o‘tkazildi.
Barcha turlarda qayd etilgan natijalar:
1-tur: O‘zbekiston 1.5 — 2.5 Ozarbayjon.
2-tur: O‘zbekiston 2.5 — 1.5 Isroil.
3-tur: O‘zbekiston 2.5 — 1.5 AQSh.
4-tur: O‘zbekiston 3.5 — 0.5 Hindiston.

4-tur yakuniga ko‘ra 6 ochko jamg‘argan jamoa “B” guruhda yetakchiga aylandi va muddatidan oldin keyingi bosqich masalasini hal qildi.

Endi ular 5-turda Polsha jamoasiga qarshi dona surashadi.
Ma’lumot uchun, 5 ta tur yakuniga ko‘ra, “A” va “B” guruhda eng yaxshi natija qayd etgan 4 tadan jamoa chorak final bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.