O‘zbekiston vakili Moskvada bo‘lib o‘tgan xalqaro Qur’on tilovati musobaqasida ishtirok etdi

Moskva sobori masjidida o‘tkazilgan 20-yillik yubiley tanloviga dunyoning 22 davlatidan kitobxonlar tashrif buyurishdi.
Sputnik
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik Moskva xalqaro Qur’on tilovati musobaqasida ishtirok etdi.
Kuni kecha Moskva sobori masjidida yigirma yillik yubiley tanlovining yakunlari sarhisob qilindi. Tadbir 22 davlatdan Qur’on kitobxonlarini birlashtirdi.
Musobaqada O‘zbekiston nomidan Jahongir Ro‘ziyev ishtirok etdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiriga Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi.
Birinchi o‘rin turkiyalik kitobxonga nasib etgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni Misr, uchinchi o‘rinni esa Eron egalladi.
Birinchi Qur’on tilovati musobaqasi 2000-yilda Moskva sobori masjidida o‘tkazilgan. Unda Moskvadagi madrasa va maktablarning talabalari qatnashishgan. 2003-yilda tanlov mintaqaviy, 2008-yildan esa xalqaro miqyosda bo‘lib o‘tgan.