MGIMOning Toshkentdagi filialida rus tili bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

Mutaxassislar rus tilini o‘qitishning eng yaxshi usullarini taqdim etdi, turli ijtimoiy-madaniy sharoitlarda o‘qitishga yondashuvlarni muhokama qildi.
Sputnik
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO)ning Toshkent shahridagi filialida “Rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitishning jahon amaliyoti. Samarali yondashuvlar va ijtimoiy-madaniy kontekst” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar bermoqda.
Forumda Rossiya, O‘zbekiston, Belarus, Xitoy, Koreya va Turkiyadan 200 ga yaqin ta’lim tashkilotlari rahbarlari, o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari ishtirok etdi.

“Konferensiya mavzusi ayniqsa, rus tilini o‘qitish darajasini oshirish talabi ham, imkoni ham bor O‘zbekistonda muhim ahamiyatga ega. Bu yerda rus tili madaniyat va dunyoqarash elementi hisoblanadi. Bu mamlakatlarimizni bog‘laydigan va kelajakda munosabatlarimizni mustahkamlaydigan asosiy omildir”, - dedi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov.

Mutaxassislar rus tilini o‘qitishning eng yaxshi usullarini taqdim etdi, turli ijtimoiy-madaniy sharoitlarda o‘qitishga yondashuvlarni muhokama qildi.
Forum ishtirokchilari rus tili va adabiyotini o‘qitishda zamonaviy onlayn texnologiyalarga alohida e’tibor qaratdi. Ta’lim sanoati markazi, “Yandeks” kompaniyasi va boshqa ta’lim platformalari vakillari o‘zlarining ta’lim loyihalari haqida so‘zlab berdi.
O‘qituvchilar Pedagogika mahorat markazi mutaxassislarining mahorat darslari va ma’ruzalarida, maktab o‘quvchilari esa intellektual lingvistik o‘yinlarda qatnashish imkoniga ega bo‘ldi.