TOShKENT, 21 noya – Sputnik. Yaponiya Moliya vazirligi Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilmagan 19 davlatga moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qaror qabul qildi, deb xabar qilmoqda NHK agentligiga asosan RIA Novosti.
Gap rasmiy hukumat yordami (Official development assistance, ODA) haqida ketmoqda.
"Mablag‘lar jumladan <...> Laosga 2,9 milliard iyen (20 million dollar), Vetnamga — 1,7 milliard iyen (12 million dollar), Eronga — 1,6 milliard iyen (11 million dollar) va boshqa mamlakatlarga jami ajratiladi. Jami yordam miqdori 12,8 mlrd iyen ($ 91 mln.) ni tashkil etadi”, deyiladi xabarda.
Moliya vazirligi ushbu xarajatlar moddalarini qayta ko‘rib chiqish va Yaponiyaning ta’sirini kuchaytirish uchun "strategik" foydalanish kerak deb hisoblaydi.
Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi Yordam kanallari orqali tarqatilayotgan ushbu mablag‘larni oluvchilar orasida nodavlat tashkilotlar ham borligiga e’tiroz bildirdi. Bundan tashqari, ajratilgan pullar xalqaro tashkilotlar orqali yo‘naltiriladi, dedi Yaponiya TIV.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Tokio “diplomatik ahamiyati va insonparvarlik yordamini rivojlantirishdan kelib chiqib” ushbu davlatlar hukumatlariga yordam berish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
Eslatib o‘tamiz, rasmiy Tokio AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari tomonidan Rossiyaga qarshi kiritilgan noqonuniy sanksiyalarga qo‘shilgan. Yaponiya ham Rossiya bilan qator iqtisodiy kanallarni cheklab bir necha Rossiya fuqarolariga qarshi sanksiyalar kiritgan.
Qayd etish joizki, Yaponiyada rasmiy hukumat pozitsiyasidan norozi bo‘lgan fuqarolar ovozi tobora balandroq va tez-tez eshitilmoqda. Xususan o‘tgan haftada Yaponiya sobiq bosh vaziri Yosiro Mori Ukraina prezidentini keskin tanqid qilgan edi. Mori aytishiga ko‘ra "U o‘z xalqiga cheksiz azob-uqubatlar olib kelgan". Shuningdek Mori Ukraina mojarosini faqat G‘arb nuqtayi nazaridan yoritib kelayotgan Yaponiya OAVlarini ham keskin tanqid qilgan edi.