WP: G‘arb jiddiy muammoga duch keldi

WP nashri xabariga ko‘ra, G‘arb mamlakatlarining qurol-yarog‘ zaxiralarini chuqurroq titkilashlariga to‘g‘ri kelyapti.
Sputnik
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. AQSh va Yevropa Ittifoqi hukumatlari Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berish natijasida o‘z qurol-yarog‘larining tugashi munosabati bilan jiddiy qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Bu haqda “The Washington Post” gazetasi NATOga a’zo mamlakatlardan birining vakiliga tayangan holda yozmoqda.
“G‘arb mushkil vaziyatga tushib qoldi. Ko‘plari (qurol-yarog‘ – tahr.) allaqachon berib bo‘lingan. G‘arb mamlakatlarining o‘z zaxiralarini chuqurroq titkilashlariga to‘g‘ri kelyapti”, - deyiladi xabarda.
Nashr suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, bu muammoni hal etish “uzoq muddatli va strategik xatti-harakatlarni” talab etadi. U Rossiya omborlarida minglab harbiy texnikalari qolayotgani, Rossiya korxonalari keraklicha artilleriya snaradlarini ishlab chiqarayotganini qo‘shimcha qilgan.
Rossiya 24-fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida tahqirlash, genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Mamlakat Qurolli kuchlari oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.
Maxsus operatsiya ortidan AQSh va uning NATO bo‘yicha ittifoqchilari milliardlarcha dollar sarflab, Kiyev rejimini qurol-yarog‘ bilan ta’minlab kelmoqda. Moskva G‘arb qurol-yarog‘larining yetkazib berilishi mojaroni cho‘zishi, qurol ortilgan transport esa Rossiya armiyasining qonuniy nishoniga aylanishini bir necha marta takrorlagan.