TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Sirdaryo viloyatida yangi issiqlik elektr stansiya ishga tushirildi. U yiliga 1,7 mlrd kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi, deya xabar berdi Energetika vazirligi.
Yangi gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasining quvvati 220 MVt bo‘lib, u viloyatning Xovos tumanida Turkiyaning “Cengiz Enerji” kompaniyasi tomonidan qurilgan.
Yangi stansiya 20-noyabr kuni soat 10:22da O‘zbekistonning yagona elektr tarmog‘iga quvvat uzatishni boshladi.
Sirdaryo viloyatidagi yangi issiqlik elektr stansiyasi
© Energetika vazirligi
“Stansiyada o‘rnatilgan qurilmalarning foydali ish koeffitsiyenti yuqoriligi hisobiga yiliga 150 mln metr kub tabiiy gaz tejaladi. Tejalgan tabiiy gaz bilan qo‘shimcha 685 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoni yaratiladi”, deyiladi xabarda.
Stansiya qurilishi davomida 700 nafargacha, ishga tushgandan keyin esa 100 nafar yangi ish o‘rni yaratildi.
Sirdaryo viloyatidagi yangi issiqlik elektr stansiyasi
© Energetika vazirligi
Ma’lumot uchun, 29-mart kuni O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari tomonidan mazkur elektr stansiya qurilishiga start berilgan edi.