TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Hafta o‘rtasida O‘zbekiston hududiga iliq havo kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Ertaga, 22-noyabrdan boshlab va ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan quruq va juda iliq havo kirib kelishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati seshanba kuni +15...+17 daraja iliqqacha, so‘ng esa +18...+20 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda +23 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida seshanbaga o‘tar kechasi biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, tog‘larda yog‘ingarchilik bo‘ladi.
21-22 noyabrda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
Bugun va ertaga respublikaning ayrim joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.