Yevropa Ittifoqi energetika va oziq-ovqatni qurolga aylantirdi – Kosachov

Rossiya Federatsiya kengashi raisi o‘rinbosari aynan Yevropa Ittifoqi energetika, oziq-ovqat va o‘g‘itni qurolga aylantirganini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. G‘arbning Moskvaga qarshi bir tomonlama sanksiyalari dunyo iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi, aynan Yevropa Ittifoqi energetika va oziq-ovqatni qurolga aylantirdi. Bu haqda Rossiya Federatsiya kengashi raisi o‘rinbosari Konstantin Kosachov.
“Aynan Yevropa Ittifoqi, Rossiya emas, energetika, so‘ngra oziq-ovqat bilan o‘g‘itni qurolga aylantirdi”, - dedi u Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) parlamentlararo bosh assambleyasining 43-yalpi majlisida nutq so‘zlayotib.
Kosachovning so‘zlariga ko‘ra, BMT Xavfsizlik kengashini chetlab o‘tgan G‘arbning bir yoqlama sanksiyalari sabab vaziyat sezilarli yomonlashgan.
U YeI mamlakatlari portlarida dunyoning qashshoq mamlakatlari, jumladan, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlkatlariga yetib kelmayotgan katta miqdordagi Rossiya o‘g‘itlari to‘planib qolganini ta’kidladi.
Rossiya Federatsiya kengashi raisi o‘rinbosari dunyodagi inqiroz YeIning xato xatti-harakatlari sabab yuzaga kelganini ma’lum qildi.