"Veolia Energy Tashkent" kompaniyasi rahbari o‘zgardi

Poytaxt issiqlik ta’minoti tizimini boshqaradigan kompaniya rahbariyatida o‘zgarish ro‘y berdi.
Sputnik
TOShKENT, 20 noya — Sputnik. 18-noyabr kuni poytaxtning "Veolia Energy Tashkent" kompaniyasi bosh direktori Aleksandr Xasti oilaviy sabablarga ko‘ra o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Matbuot xizmatining xabar berishicha, Alisher Xaitmetov bosh direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan. U kompaniyaning moliyaviy direktori lavozimida ishlab kelgan.
Ma’lumot o‘rnida, "Veolia Energy Tashkent" - poytaxt issiqlik ta’minoti tizimini boshqaradigan kompaniya.