TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda, deya yozadi Sputnik Qozog‘iston.
Yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:00 da mamlakatning aksariyat hududlarida saylov uchastkalari ochilgan. Respublika bo‘ylab jami 10 mingdan ziyod uchastkalarda ovoz berish mumkin bo‘ladi.
Amaldagi davlat rahbari Qasim-Jomart Toqayev saylovda o‘z ovozini berishga ulgurdi.
Qozog‘istonda prezident saylovi 2024-yilda bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq Toqayev 1-sentabr kuni xalqqa yo‘llagan murojaatida muddatidan oldin prezident saylovi bo‘lib o‘tishini e’lon qildi. Shuningdek, u prezidentning vakolat muddatini 7-yillik bir muddat bilan cheklashni taklif qilgan edi. Qayta saylanish taqiqlanadi
Mamlakat Markaziy saylov markazi olti kishini prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tkazgan. Ular orasida amaldagi prezidenti Qasim-Jomart Toqayev ham bor. U Xalq koalitsiyasidan nomzod sifatida ilgari surilgan.