TOShKENT, 20 noya — Sputnik. O‘zbekiston bo‘ylab kecha, 19-noyabr kuni 81 nafar fuqaroda koronavirus qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, bemorlarning:
2 nafari Buxoro viloyatida,
1 nafari Qashqadaryo viloyatida,
8 nafari Namangan viloyatida,
3 nafari Samarqand viloyatida,
1 nafari Surxondaryo viloyatida,
2 nafari Xorazm viloyatida,
64 nafari Toshkent shahrida aniqlangan.
18 noyabr kuni ham 92 kishida koronavirus aniqlangan edi.
Qayd etish joizki, oktabr oyida aniqlanayotgan holatlar 28 tadan, sentabrda esa 21 tadan oshmayotgan edi.
Mamlakatda 2020-yil martidan buyon 245 mingtadan ziyod koronavirus bilan kasallanish holati qayd etilgan, koviddan vafot etganlar 1637 kishini tashkil etadi.