“Toshkent – do‘stlar shahri”: rossiyalik futbolchilar O‘zbekiston haqida nimalarni bilishadi

Rossiya terma jamoasi futbolchilari O‘zbekistonga bag‘ishlangan viktorinada ishtirok etishdi.
Sputnik
TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi o‘yinchilari Anton Miranchuk, Artom Karpukas, Danil Glebov va Sergey Pesyakov “O‘zbekiston haqida nimalarni bilasiz” viktorinasida ishtirok etishdi.
Viktoriya O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi o‘yin oldidan tashkil etildi.
Futbolchilarga “Toshkent” so‘zning ma’nosini topish taklif qilindi va quyidagi variantlar keltirildi: “Tosh shahri”, “Do‘stlar shahri”, “Tog‘li cho‘qqi”, “Osiyo poytaxti”.
Futbolchilari “Tosh shahri” deya to‘g‘ri javob berishdi, biroq avvaliga ular to‘g‘ri javob borasida biroz o‘ylanishdi.

“Do‘stlar shahri? Men shahar mehmondo‘stligini bilaman”, - deya o‘yga toldi Sergey Pesyakov, biroq biroz o‘tib “Tosh shahri” variantini tanlagan bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

Karpukas ham Toshkent birinchi navbatda do‘stlarni yodiga solishini ta’kidladi.
YuNESKOning nomoddiy madaniy meros ro‘yxatida qaysi o‘zbek taomi bor degan savolga (variantlar orasida “palov”, “manti”, “somsa” va “kabob” bor edi) futbolchilarga Eldor Shomurodov bilan bog‘liq xotiralari yordam berdi.
“Men o‘ylamasdan “palov” degan bo‘lardim”, - dedi Pesyakov. – U (Shomurodov – tahr.) mehmon qilgandi, hatto Rostovda hamshaharlariga buyurtma berardi, palov olib kelardi. Juda mazali”.
“Rostini aytsam, juda yaxshi ko‘raman”, -dedi Anton Miranchuk ham “palov” variantini tanlab.
Qayd etish joizki, darvozabon Sergey Pesyakov Eldor Shomurodovning “Rostov” klubidagi sobiq jamoadoshidir.
O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi bugun “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.